REY BREDBERINING “ERTAGA QIYOMAT” HIKOYASIDA APOKALIPSIS VA BADIIY PSIXOLOGIZM

Mualliflar

  • Koʻchimov Ulugʻbek Qoʻchqarovich Alfraganus Universiteti image/svg+xml ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Rey Bredberi##common.commaListSeparator## “Ertaga qiyomat”##common.commaListSeparator## fantastik adabiyot##common.commaListSeparator## badiiy psixologizm##common.commaListSeparator## ekzistensial psixologiya##common.commaListSeparator## apokalipsis motivi##common.commaListSeparator## oʻlim muqarrarligi##common.commaListSeparator## narrativ tahlil##common.commaListSeparator## ruhiy holat##common.commaListSeparator## falsafiy talqin

Annotatsiya

Ushbu maqolada Rey Bredberining “Ertaga qiyomat” hikoyasi psixologik- falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi fantastik adabiyotda apokalipsis motivining inson ruhiyati bilan bogʻliq talqinini ochib berish hamda badiiy psixologizmning zamonaviy koʻrinishlarini aniqlashdan iborat. Maqolada muammo sifatida ommaviy madaniyatda apokalipsis odatda vahima va ijtimoiy inqiroz bilan bogʻlanib talqin qilinishi, Bredberi hikoyasida esa ushbu stereotipga zid psixologik model taklif etilishi ilgari suriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida kompleks yondashuv tanlangan boʻlib, unda badiiy matnni struktural-bayoniy tahlil qilish, ekzistensial psixologiya, dahshatni boshqarish nazariyasi hamda narrativ psixologiya konsepsiyalaridan foydalaniladi. Hikoya tahlili uch asosiy yoʻnalishda olib boriladi: qahramonlarning oʻlim muqarrarligiga munosabati, kundalik turmush marosimlarining psixologik funksiyasi hamda oddiylik tushunchasining falsafiy talqini doirasida tahlil etiladi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, hikoyada apokalipsis tashqi falokat sifatida emas, balki ichki ruhiy holat sifatida namoyon boʻladi. Qahramonlarning vahimasiz, sokin va marosimiy xatti-harakatlari oʻlim qoʻrquvini yengillashtiruvchi muhim psixologik mexanizm vazifasini bajaradi. Kundalik turmush odatlari — qahva ichish, bolalarni uxlatish, chiroqni oʻchirish — ekzistensial barqarorlikni taʼminlovchi ramziylik sifatida talqin qilinadi. Shaxslararo yaqinlik esa hikoyada oʻlim xavotiriga qarshi asosiy himoya omili sifatida namoyon boʻladi. “Ertaga qiyomat” hikoyasi fantastik adabiyotda badiiy psixologizmning oʻziga xos modelini taklif etadi. Asar oʻlimni inqiroz emas, balki hayot davomida yaratilgan maʼno va munosabatlarning mantiqiy yakuni sifatida anglash imkonini beradi. Mazkur tadqiqot fantastik nasrda psixologik tahlil imkoniyatlarini kengaytiradi hamda Rey Bredberi ijodining adabiy- estetik ahamiyatini yangi nazariy kontekstda yoritadi.

##submission.citations##

– Toshkent: Oʻqituvchi, 2005

– Toshkent: Fan, 2007

– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006

– Toshkent: Musiqa, 2006

– Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 2018

– Toshkent, 2024

– Cambridge, MA : Harvard University Press, 1986

Flow: The Psychology of Optimal Experience / M

– New York : Harper & Row, 1990

– Boston : Beacon Press, 1959

The causes and consequences of a need for self-esteem: A terror management theory / J

Solomon // Public Self and Private Self

– New York : Springer, 1986

Vohs // Personality and Social Psychology Review

– New York : Guilford Press, 1993

Florian // Journal of Personality and Social Psychology

Vail [et al.] // Personality and Social Psychology Review

– New York : Basic Books, 1980

Rey Bredberi — “Ertaga qiyomat” ("The Last Night of the World" 1951) hikoyasi, tarjima matni: https://ziyouz.uz/jahon-nasri/rey-bredberi/rej-bredberi-ertaga-iyomat-ikoya/ 17

Tahliliy va adabiy kontekst boʻyicha umumiy maʼlumotlar: The Best Ray Bradbury Short Stories https://jerrywbrown.com/wp-content/uploads/2020/02/The-Last-Night-of-the-World-Bradbury-Ray.pdf

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-01-15