IJTIMOIY CHEGARALANGAN LEKSIKANING JAMIYATDAGI ROLI VA

Mualliflar

  • Raimova Nafosat Olimovna O’zDJTU mustaqil izlanuvchisi; Toshkent, O’zbekiston ##default.groups.name.author##

##semicolon##

ijtimoiy chegaralangan leksika##common.commaListSeparator## madaniy identifikatsiya##common.commaListSeparator## ijtimoiy guruhlar##common.commaListSeparator## muloqot##common.commaListSeparator## jamiyat##common.commaListSeparator## ijtimoiy tarmoqlar##common.commaListSeparator## ijtimoiy o‘zgarishlar

Annotatsiya

Ushbu maqola jamiyatda ijtimoiy chegaralangan leksikaning o‘rni va ahamiyati haqida. Maqolada ijtimoiy chegaralangan leksikaning mazmuni va uning jamiyatdagi roli o'rganiladi ya’ni unda ijtimoiy cheklangan leksikaning ta'rifi va jamiyat uchun muhimligi tahlil qilinadi. Ijtimoiy cheklangan leksika ma'lum ijtimoiy guruhlarning o'ziga xos tilidan iborat bo'lib, u guruhlarning madaniyatini, ijtimoiy holatini va tarixiy tajribalarini ifodalaydi. Ijtimoiy chegaralangan leksikaning jamiyatdagi o‘rni va muhim- ligi, guruhlar o‘rtasidagi muloqotdagi ahamiyati, identifikatsiya yaratish va madaniy farqni aks ettirish kabi rol va vazifalarni o‘z ichiga oladi. Maqola guruhlar o‘rtasidagi muloqotni yaxshilash, identifikatsiya shakllantirish va ijtimoiy o‘zgarishlarni aks et- tirishda leksikaning ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada guruhlar o‘rtasida muloqot samaradorligini oshirishda leksikaning roli ko‘rib chiqiladi [1]. Mazkur maqolada ijtimoiy chegaralangan leksikaning jamiyatdagi ahamiyati va o‘rni sotsiolingvistik, funksional hamda stilistik nuqtai nazardan chuqur tahlil etiladi. Sleng, jargon va argo birliklarining ijtimoiy identifikatsiya, kommunikativ samaradorlik va ekspressivlikni ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy manbalar orqali yoritiladi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy chegaralangan leksikaning jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish va madaniy jarayonlarning muhim belgilari ekanligini tasdiqlaydi. Maqolada, shuningdek, axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi bilan ijtimoiy chegaralangan leksikaning tarqalishi va jamiyatdagi ahamiyati yanada ortganligi qayd etiladi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi bilan yangi so‘zlar, iboralar va hastaglar yuzaga kelmoqda, bu esa leksikaning ken- gayishiga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga xos so‘z birikmalari shakllanib, guruhlarning fikrlarini tez va samarali bayon etish imkoniyatini taqdim etmoqda [2]. Shu tariqa, maqolada jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarga ijtimoiy chega- ralangan leksikaning qanday javob berishiga ham e'tibor beriladi. Bunday leksik guruhlar ijtimoiy o'zgarishlar, noroziliklar yoki yangiliklarni ifoda etish va aks ettirish uchun xizmat qiladi. Shu sababli, ijtimoiy chegaralangan leksika jamiyatdagi turli tabaqalar o‘rtasidagi aloqaning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

##submission.citations##

Labov W. Sociolinguistic Patterns. – Philadelphia, 1972.

Crystal D. Language and the Internet. – Cambridge, 2006.

Hudson R. Sociolinguistics. – Cambridge, 1996.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent, 2020.

Yartseva V.N. Lingvisticheskiy entsiklopedicheskiy slovar. – Moskva, 1990.

Wardhaugh, R., & Fuller, J. (2015). An Introduction to Sociolinguistics. Wiley-Blackwell.

Karimov S.. Ijtimoiy shevalar va ularning o‘zbek tilidagi ifodalari // Tilshunoslik jurnali, 2019.-3(4), 45-53.

Allan, K., & Burridge, K. (2006). Forbidden Words: Taboo and the censoring of language. Cambridge University press.

Tursunov B. Ijtimoiy chegaralangan leksika va uning semantik tahlili. filologiya fanlari doktori, Toshkent. -2018

Raimova N. Ingliz va oʻzbek tillarida ijtimoiy chegaralangan leksikaning struktur semantik hamda stilistik xususiyatlari, Toshkent, 2025

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-02-15